Suriya hukumati dengiz havzasi va ochiq cho‘milish joylarida kiyinish bo‘yicha yangi tizimni joriy qildi, unga ko‘ra ayollar jamoat plyajlarida tanani to‘liq berkitib turuvchi suzish kiyimlari kiyishi talab qilinadi. Bu haqda “CNN” nashri ma’lum qilmoqda.
Mamlakat Turizm vazirligining ta’kidlashicha, mazkur yo‘riqnoma jamoat manfaatlariga asoslangan.
– Sohil bo‘yi yoki basseynlarga tashrif buyuruvchilar, xoh u xorijiy sayyoh, xoh mahalliy aholi vakili bo‘lsin tegishli suzish kiyimlarini kiyishlari talab etiladi, – dedi turizm vaziri Mazen al-Salxoniy. – Ayniqsa, jamoat joylarida keng kiyim kiyishga, yelka va tizzalarni yopishga harakat qiling. Tanani ko‘rsatuvchi yoki haddan tashqari tor kiyimdan saqlaning.
Vazirlik, shuningdek xalqaro “premium” (4 yulduzli) deb tasniflangan sanatoriylar, mehmonxonalar va xususiy suzish havzalarida odatiy “g‘arbcha kiyinish”ga ruxsat berilganini qo‘shimcha qildi.
Ko‘rsatmalarga rioya qilmagan odamlarga qanday jazo qo‘llanilishi noma’lum, ammo qutqaruvchilar va nazoratchilar allaqachon kuzatuvni boshlagan.
Musulmon Ziyo, O‘zA