Suriyada qurg‘oqchilik bug‘doy hosilining 75 foizini nobud qilishi mumkin
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bu yilgi kuchli qurg‘oqchilik Suriya bug‘doyining qariyb 75 foizini nobud qilishi, millionlab odamlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin ekan.
Tashkilotning ushbu mamlakatdagi vakili Toni Ettel “Reuters” agentligiga aytishicha, joriy yil 2,7 million tonna bug‘doy yetishmovchiligi kutilyapti. Bu miqdor 16,3 million kishini bir yil davomida oziqlantirishga yetadi.
- Juda ko‘p dehqon qurg‘oqchilik tufayli hosilidan mahrum bo‘ldi, - deydi mulozim. - Halob shimolida qishloq xo‘jaligi suvsizlikdan sezilarli zarar ko‘rdi. Yog‘ingarchilik yo‘q. Sug‘orish texnologiyasi va infratuzilmani yangilashga esa mablag‘ yo‘q, degan Ettel.