Suriyada parlament saylovlari sentyabrda o‘tkaziladi
Suriyada Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgandan keyingi ilk parlament saylovlari 15–20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat Davlat majlisi saylovlarini tashkil etish bo‘yicha Oliy qo‘mita rahbari Muhammad Taha al-Ahmad ma’lum qildi.
210 o‘rinning uchdan bir qismini amaldagi o‘lka yetakchisi Ahmad ash-Shara tayinlaydi, qolganlari saylov orqali belgilanadi. Har bir viloyatda alohida saylov okruglari tuziladi.
Qolaversa, Suriyada doimiy konstitutsiya qabul qilinmaguncha va umumiy saylovlar o‘tkazilmaguncha yangi Xalq qo‘mitasi vaqtinchalik parlament vazifasini bajarib turadi.
Mazkur e’lon mamlakatda siyosiy o‘tish davri keskinlashgan bir paytda yangradi. Ma’lumki, janubdagi Suvaydo viloyatida druz diniy ozchiligi va qurollangan badaviylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar yuzlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Ayni paytda Isroil ham ushbu vaziyatga aralashib, hukumat kuchlariga va Mudofaa vazirligi qarorgohiga zarba berganini tasdiqladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA