Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyada ichki ziddiyatlar davom etmoqda
16:02 / 2024-12-26

Suriyaning Tartus shahridagi pistirmada 14 muvaqqat hukumat zobiti halok bo‘ldi, 10 nafari yaralandi. Bu haqda “China Daily” xabar berdi.

Muvaqqat hukumat ichki ishlar vaziri Muhammad Abdul Rahmon hujumlarni sobiq hukumatning “qoldiqlari” uyushtirgan, deb aytmoqda.

Vazirlikning bildirishicha, halok bo‘lgan zobitlar xavfsizlikni ta’minlash va tinch aholini himoya qilish uchun safarbar qilingan edi.

Shu oy boshida Suriyada Bashar al-Asad hukumati qulaganidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab mazhablararo taranglik kuchaygani aytilmoqda.

Kecha Aleppodagi alaviylar “hurmat qiladigan” ziyoratgohga hujum uyushtirilgani aks etgan video tarqalib, noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Namoyishlar asosan ushbu qavm yashaydigan bir qancha hududlarda bo‘lib o‘tdi va jamiyat a’zolari yangi hokimiyat diniy ramzlarni himoya qilish uchun yetarlicha chora ko‘rmayotganidan shikoyat qilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA