Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suriyada ichki to‘qnashuv: kamida 30 kishi halok bo‘ldi
08:24 / 2025-07-15

Suriya janubidagi Suvayda viloyatida sunniy Biduin qabilasi va druz diniy ozchiligi jangchilari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv tufayli kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odam jarohatlandi. Bu haqda BBC yozgan.

Mazkur ziddiyat Bashar Asad rejimi 2024 yil dekabrida qulagandan so‘ng mamlakatda vujudga kelgan siyosiy beqarorlik asnosida kuchaydi. Hozir yangi hukumat mamlakatda tartib o‘rnatishga urinmoqda. Ichki ishlar vazirligi nizoni bartaraf qilish uchun xavfsizlik kuchlari vaziyatga bevosita aralashishini ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqeada 100 kishi jabrlangan.

Gubernator Mustafo Al-Bakir aholiga murosaga kelish, islohot chaqirig‘iga quloq tutishni tavsiya qildi. Mintaqa diniy yetakchilari ham tinchlikni saqlashga da’vat etmoqda.

Aprel-may oylarida ham yangi xavfsizlik kuchlari hamda druz jangchilari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvda o‘nlab odam hayotdan ko‘z yumgan edi.

Islom dinidagi shia mazhabining bir tarmog‘i - Druz yo‘nalishi vakillari Livan, Iordaniya va Isroilda ham mavjud. Asad davrida druzlar davlatga sodiq edi, chunki hukumat ishonchi ostida bo‘lgan.

Hozir G‘arb davlatlari Suriyaga nisbatan yondashuvini o‘zgartirishga harakat qilmoqda. AQSH yaqinda HTSHni xorijdagi terror tashkilotlari ro‘yxatidan chiqardi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi esa Suriyada fuqarolik urushi boshlangandan beri bu mamlakatga tashrif buyurgan birinchi britaniyalik rasmiy bo‘ldi.

Musulmon Ziyo, O‘zA