Suriya yetakchisi ilk xorijiy safarini Saudiya Arabistonidan boshladi
Saudiya Arabistoni Podshohligi axborot agentligi "SPA" xabar berishicha, Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad Ash-Shara’ 2 fevral kuni o‘zining ilk xorijiy safarini amalga oshirdi. U Ar-Riyoddagi "Al-Yamama" saroyi qarorgohida mamlakat valiahd shahzodasi, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud qabulida bo‘ldi.
– Shuningdek, uchrashuvda Suriya tashqi ishlar va muhojirlar vaziri Asad Ash-Shayboniy, xususiy idora direktori Abdurahmon Salama va bir qator rasmiylar ishtirok etdi, - deyiladi xabarda.


Qayd etilishicha, valiahd shahzoda va Shara’ Ar-Riyod hamda Damashq o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni, jumladan, gumanitar va iqtisodiy hamkorlik, tinchlik va barqarorlikni saqlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar, haqiqiy sheriklikka erishish uchun energiya, texnologiya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi keng ko‘lamli rejalarni muhokama qilgan.
M.Pirmatova, O‘zA