Suriya muvaqqat Prezidenti Ahmad Al-Shara’ BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida ishtirok etish uchun Vashingtonga keldi. "Syria TV" xabariga ko‘ra, bu mamlakat rhbarining 1967 yildan bkyon AQSHga ilk rasmiy tashrifidir.
Telekanal axborotida Ash-Shara’ga to‘rt nafar vazir hamrohlik qilayotgani keltirilgan. Mazkur voqea doirasida ikki davlat diplomatik munosabatini tiklash, jumladan Vashingtonda Suriya elchixonasini rasman ochish masalasi muhokama qilinishi kutilyapti.
24 sentyabr kuni Ash-Shara’ BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi. "CBS News" telekanali orqali Oq uy muxbiri Jennifer Jeykobs xabar berishicha, Prezident Donald Tramp va Suriya rahbari uchrashuvi rejasi ishlab chiqilmoqda.
14 may kuni Tramp Ar-Riyodda Ash-Shara’ bilan muzokara o‘tkazgandi. Amerika rahbari Vashington Damashqqa nisbatan o‘nlab yil davom etgan sanksiya bekor qilinishini ma’lum qildi. 1 iyul kuni u Suriyaga qarshi bir tomonlama sanksiya rejimini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
M.Pirmatova, O‘zA