Suriya milliy valyutani takomillashtiradi
Suriya Markaziy banki rahbari Abdulqodir Husariy milliy valyutani modernizatsiya qilish maqsadida surat va belgisiz olti xil banknota seriyasi muomalaga chiqarilishini e’lon qildi.
Mahalliy SANA rasmiy axborot agentligi orqali berilgan bayonotda mulozim yangi pul turli – kichik, o‘rta va yirik o‘lchamda chiqarilishini ta’kidlagan.

– Ushbu amaliyot tekshiruv jarayonini soddalashtirish, xalqaro standartga moslashish uchun ishlab chiqilmoqda, – deydi mutaxassis.
Chop etish va tarqatish bosqichi tugagach, banknota haqidagi to‘liq ma’lumot ommaga oshkor qilinadi. Qayd etilishicha, yangi banknota muomaladagi eskirgan pul birligi o‘rnini egallaydi, lekin umumiy hajmni oshirmaydi.
– Takomillashish yo‘lidagi mazkur qadam pulni ko‘paytirish emas, balki bozordagi muomalani tartibga solish, narx barqarorligini ta’minlashga qaratilgan maqsadli pul-kredit siyosatini ifodalaydi, – deya qo‘shimcha qilgan Xusariy.
M.Pirmatova, O‘zA