Suriya: amaldagi prezident, sobiq vazir hamda muxolifat vakili prezidentlik uchun kurashadi
Suriya Konstitutsiyaviy sudi mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etuvchi uch nomzodni tasdiqladi.
“INTERFAX.RU” xabariga ko‘ra, “SANA” agentligi ma’lumotida uch nafar nomzod prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan 50 dan oshiq kishi orasidan saralab olingani eslatilgan.
Amaldagi prezident Bashar Asad, sobiq vazir Abdulla Salum Abdulla hamda muxolifat vakili Mahmud Mariy prezidentlik uchun kurashadi.
Arizalari qaytarilgan nomzodlar 7 maygacha apellyatsiya berishi mumkin. “G‘arb axborot manbalari Asadning g‘olib bo‘lishini aytmoqda. Suriyadagi prezidentlik saylovi kuni 26 mayga belgilangan”, deyiladi xabarda.