French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surgilda strategik energetika inshooti qurildi
13:57 / 2025-07-23

Mamlakatimizning energetika xavfsizligi tizimida muhim o‘rin tutadigan “Surgil” siquv kompressor stansiyasini (SKS) qurish loyihasining qurilishi va montaj ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ushbu stansiya Surgil konidagi tabiiy gaz bosimini oshirish hamda uni qayta ishlash uchun Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga uzatishga mo‘ljallangan. Mazkur majmuada xomashyo gazi tarkibidan ajratib olinadigan qimmatbaho komponentlardan polimer mahsulotlar ishlab chiqariladi.  

Loyiha doirasida gazni siqish bo‘yicha yillik quvvat 1,8 milliard kub metrni, sutkalik quvvat esa 4,8 million kub metrni tashkil etadi. Kompressor stansiyasi ikki parallel ishlaydigan gaz haydash agregatidan iborat.  

Ayni paytda qurilish va montaj ishlari to‘liq yakunlanib, gaz haydash agregatlarini ishga tushirish va sozlash ishlari boshlangan. Bu esa Surgil konida tabiiy gaz qazib olish hajmini oshirish, Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga barqaror ravishda gaz yetkazib berish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha resurs bazasini yaratish imkonini beradi.  

Bundan tashqari, yangi quvvatlar Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tarkibidagi konlardan past bosimli gazni siqish hisobiga gaz qazib olish hajmini ko‘paytirishga ham xizmat qiladi.  

Loyiha nafaqat strategik, balki muhim ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Tabiiy gaz qazib olish hajmining ortishi orqali aholi, korxonalar va ijtimoiy muassasalarni ishonchli energiya manbai bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi ta’minlanadi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA