Surdo tarjimon yordamida ovoz berildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida imkoniyati cheklangan saylovchilarning ham o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, Samarqand shahridagi 61-sonli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatida joylashgan 107-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonida surdo-tarjimon xizmati ham yo‘lga qo‘yildi.
– Chorbog‘ mahallasida yashayman, – deydi Farrux Ummatqulov. – Bugun saylov uchastkasiga kelib, o‘zim tanlagan nomzodlarga ovoz berdim. Menga surdo tarjimon yordam berdi. Men tanlagan nomzod Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shadi, degan umiddaman.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/bJAZeIrZ5as?si=eLbS676AeFbWiZkn" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri