Xitoy O‘zbekiston Markaziy Osiyo yuragidagi yirik davlat, degan pozitsiyasiga sodiq qolmoqda. Respublikalar o‘rtasidagi yaqin va do‘stona munosabatlar Xitoy salohiyatini O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy dastur va loyihalarini amalga oshirishga, birinchi navbatda, aholi farovonligini oshirishga jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugun O‘zbekiston Milliy axborot Agentligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi, “Farg‘ona haqiqati”–“Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati, Xitoy Xalq Respublikasini O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “O‘zbekiston–Xitoy: SHHT doirasidagi hamkorlik” mavzusida fotoko‘rgazma va fototanlov g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Mazkur marosimga tashrif buyurgan Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘yilayotganini ta’kidladi.
Mazkur ko‘rgazma va tanlovga mamlakatdagi 27 ta fotoijodkor 500 dan ziyod fotosuratlar taqdim etdilar. Ayniqsa, ushbu fotoko‘rgazma tashkillashtirishda ustoz jurnalist Muhammadjon Obidovning mehnatlari alohida e’tirof etildi. Hay’at ulardan 94 tasini tanlab oldi va ko‘rgazmada namoyishga qo‘yildi. Shuningdek hay’at ular orasida g‘olib va sovrindorlarni aniqlab berdi.
Ma’lumot uchun, fotosuratlarda so‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston – Xitoy iqtisodiy-siyosiy munosabatlari o‘z aksini topgan. Sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, san’at va sport mavzulari yetakchilik qilishgan. Fotomuxbirlar hayotning nodir lahzalarini oniy to‘xtamda aks ettira olganlar. Fotoko‘rgazma 15-22 avgust kunlari namoyish etiladi. So‘ngra mamlakat viloyatlari, oliy o‘quv yurtlarida ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pC8B1sX4quk" title="Suratlarga muhrlangan: O‘zbekiston - Xitoy hamkorligi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I.Ismatov O‘zA