Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suratlarda qish fayzi
20:59 / 2019-01-31

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimida “Kumush qish” nomli badiiy koʻrgazma tashkil qilindi. Koʻrgazmadan tajribali rassomlar bilan birga, yosh ijodkorlarning 50 ga yaqin kartinalari oʻrin olgan.

Tomoshabin koʻrgazmadagi asarlar bilan tanishar ekan, qish faslining tarovatini yana bir karra teran his qiladi. Ayniqsa, rassom S.Boybosinovning “Koʻlda qish fasli”, J.Lepesovning “Qorli xiyobon”, “Tumanli kun”, R.Boymirzayevning “Hosil bayrami”, A.Jaksibayevning “Qish faslida tungi oqshom”, Q.Xoʻjamuratovning “Shamol” va “Unutilgan portret” kartinalari tasviriy sanʼat ixlosmandlari eʼtiborini tortmoqda.

4 (2).JPG

7.JPG

10.JPG

15 (1).JPG