Supermarketlarda 28 turdagi sabzavot mahsulotlari arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari oxirgi haftada mamlakatimiz supermarketlarida iste’mol tovarlari narxidagi o‘zgarishlarni o‘rgandi.
Buning uchun supermarketlardagi 102 turdagi 6726 ta iste’mol tovarlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar web-scraping yo‘li bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi bo‘yicha 2023 yilning 20 aprel, 28 aprel va 5 may kunlaridagi narxlar solishtirildi.
Tahlil natijasiga ko‘ra, 28 turdagi sabzavot mahsulotlari 28 aprelda 20 apreldagiga nisbatan o‘rtacha 5821 so‘mga va 5 mayda 28 apreldagiga nisbatan 1107 so‘mga, 110 turdagi yogurt mahsulotlari tegishli ravishda 5 so‘mga va 36 so‘mga, 61 turdagi ko‘k choy mahsulotlari 25 so‘mga va 139 so‘mga arzonlashgan.
N.Ziyodullayeva, O‘zA