Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliganing 3-turini «vodiy derbisi» boshlab beradi
14:26 / 2026-03-09

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-tur uchrashuvlari ertaga, 10-mart kuni start oladi.

Ushbu turni soat 19:00 start oladigan «Neftchi» — «Andijon» klublari o‘rtasidagi bahs boshlab bersa, shu kuni «Mash’al» — «Qizilqum» va «Paxtakor» — «Navbahor» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.  

Shuningdek, bu turda 11-mart kuni «Surxon» — «Bunyodkor», «Lokomotiv» — «Qo‘qon-1912», «Buxoro» — «Xorazm», 12-mart sanasida  OKMK — «So‘g‘diyona» va «Dinamo» — «Nasaf» klublari bellashuviga ham guvoh bo‘lamiz.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Superliganing 2-tur yakunlariga ko‘ra, «Neftchi», «Lokomotiv», «Paxtakor»,  «Nasaf» va «Buxoro» klublari hisobidagi ochkolar 6 taga yetgan bo‘lib, gollar nisbatiga ko‘ra 1-5 pog‘onalarni band etgan.  

«Navbahor», «Qizilqum», «Dinamo», «Bunyodkor», «Andijon» hamda «Xorazm» jamoalari 3 ochko bilan keyingi o‘rinlardan joy oldi.  

O‘tgan ikki tur doirasida mag‘lub bo‘lgan OKMK, «So‘g‘diyona», «Surxon», «Mash’al» va «Qo‘qon-1912» o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha jadvalning quyi o‘rinlarida bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA