French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliganing 3-turida "Paxtakor" "Navbahor"ni qabul qiladi
09:56 / 2026-03-10

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-tur uchrashuvlari start oladi. Bugun «Neftchi» — «Andijon», «Mash’al» — «Qizilqum» va «Paxtakor» — «Navbahor» jamoalari bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvlar orasida «Neftchi» — «Andijon» va «Paxtakor» — «Navbahor» klublari to‘qnashuvi turning markaziy o‘yinlari deya e’tirof etilmoqda. Bu mavsumda «Paxtakor» va «Neftchi» o‘tgan ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi.

"Paxtakor" – "Navbahor" hozirga qadar chempionat doirasida 70 uchrashuvda maydonga tushgan. Ularning 42 tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 14 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 14-marta imkoniyatni boy bergan. Poytaxt klubi namanganliklar darvozasiga 114 gol urib, 57 to‘p o‘tkazib yuborgan. Darvoqe, "Navbahor” 1995-yildan buyon Tokshentda g‘alaba qozona olmagan. Uyin Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida 20:00 da start oladi.  

Endi esa Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tadigan “vodiy derbisi” haqida to‘xtalib o‘tsak. "Neftchi" va "Andijon" bugunga qadar 53 marotaba milliy birinchiligimizda o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Bu bahslarning 35 tasida “Neftchi” g‘alaba qozongan 8 o‘yin durang bilan tugagan bo‘lsa, “Andijon” 10 marotaba g‘olib bo‘lgan. To‘plar nisbati 101/45 - farg‘onaliklar foydasiga.

Superliganing 3-turida 11-mart kuni «Surxon» — «Bunyodkor», «Lokomotiv» — «Qo‘qon-1912», «Buxoro» — «Xorazm», 12-mart sanasida  OKMK — «So‘g‘diyona» va «Dinamo» — «Nasaf» klublari bellashuviga ham guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA