Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliganing 22-turi ilk o‘yinida hisob ochilmadi
10:56 / 2025-09-19

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-turini “Surxon” – “Mash’al” jamoalari bahsi boshlab berdi. Termiz shahridagi “Surxon Arena” stadionida o‘tgan mazkur klublar uchrashuvida hisob ochilmadi. Natijada "Surxon" ochkolar sonini 25 taga yetkazib oldi. "Mash’al"da esa 22 ochko bor.

Milliy chempionatimizning navbatdagi kunida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tadi. Dastlab, OKMK – “Bunyodkor” bahsi boshlansa, G‘uzordagi "Markaziy" stadionida “Sho‘rtan” – “Paxtakor” jamoalari o‘ynaydi.  

Shu o‘rinda, “Sho‘rtan” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak. Chempionatda klublar o‘zaro 25 bor to‘qnash kelgan. Unda "Paxtakor" 20 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  2 durang qayd etgan va 3 marta mag‘lubiyatga uchragan. Poytaxtimiz klubi ushbu bellashuvlarda raqib darvozasiga 64 gol urib, 20 to‘p o‘tkazib yuborgan.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA