Bugun futbol bo‘yicha mamlakatimiz Superligasining 19-tur o‘yinlari boshlanadi. Unda ikki uchrashuv boshqa muddatga qoldirilgan bo‘lsa, qolgan 5 o‘yin belgilangan vaqtda o‘tadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Turon” – “Neftchi” o‘yini 9 noyabrga, “Buxoro” – “Olimpik” esa 10 noyabr sanasiga ko‘chirildi.
Superliganing bugungi bahslarida “Surxon” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qiladi.
Ertaga, 23 sentbyar kuni esa vodiy hamda Toshkent viloyati derbisi bo‘lib o‘tadi. Unda “Andijon” – “Navbahor”, “OKMK” – “Metallurg” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Garchi bu o‘yinlarda “Navbahor” va “OKMK” favorit deya e’tirof etilayotgan bo‘lsa, “Andijon” hamda “Metallurg” bor imkoniyatini ishga solgan holda jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Bu esa ushbu turdagi eng qiziqarli o‘yinlarga guvoh bo‘lishimizga sabab bo‘ladi.
24 sentyabr kuni esa “So‘g‘diyona” – “Paxtakor”, “Nasaf” – “Bunyodkor” o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA