Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining beshinchi tur uchrashuvlari boshlanadi. 13 aprel kuniga qadar davom etadigan mazkur turning ilk kunida “Navbahor” – “Sho‘rtan” va “Mash’al” – “Neftchi” jamoalari bahs olib boradi.
Ta’kidlash joizki, g‘uzorliklar 7 yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytdi. Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 24 marta ro‘baro‘ kelgan. O‘tkazilgan bahslarning 12 tasida namanganliklar yutuqqa erishgan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 8 ta o‘yinda esa “Sho‘rtan” zafar quchgan. To‘plar nisbati – 38/34, “Navbahor” foydasiga.
Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda “Navbahor”ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:0 bo‘lsa, g‘uzorliklar ham ushbu hisob bilan raqiblar ustidan zafar quchgan. Jamoalar ilk marotaba 2005 yilda raqobatlashgan bo‘lsa, so‘nggi o‘yin 2017 yilda tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Sho‘rtan” bahsi bugun 11 aprel kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida soat 20:15 da start oladi.
Darvoqe, Superliganing 5-tur bellashuvlarida quyidagi bahslar bo‘lib o‘tadi:
12 aprel:
“Bunyodkor” – “Qizilqum”;
“Qo‘qon-1912” – “Buxoro”;
“Dinamo” – “So‘g‘diyona”;
13 aprel:
“Nasaf” – “Surxon”;
“Xorazm” – “OKMK”;
“Paxtakor” – “Andijon”.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA