Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superligada “Nasaf” peshqadamlikni boy berdi
09:58 / 2025-10-27

O‘zbekiston Superligasining 26-turi bugun Termiz shahrida o‘tadigan “Andijon” va “Surxon” klublari bahsidan so‘ng o‘z yakuniga yetadi. Ushbu uchrashuv maxalliy vaqt bilan soat 18:30 da boshlanadi.

Shu o‘rinda, “Surxon” – “Andijon” jamoalari uchrashuvlariga oid ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etsak. Ikki klub shu kunga qadar jami 35 ta o‘yinda o‘zaro to‘qnashgan bo‘lib, ularda “Surxon” 11, “Andijon” esa 18 marotaba zafar quchgan. Qolgan 6 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 64/44 - “Andijon” foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi mavsumning birinchi davrasida “Andijon” klubi o‘z uyida 2:1 hisobida zafar quchgan.

Darvoqe, kuni kecha Superliganing 26-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda OKMK o‘z maydonida “Nasaf” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. 

Natijada “Nasaf” Superligadagi peshqadamligini “Neftchi”ga bo‘shatib berdi. Garchi Farg‘ona shahrini himoya qiluvchi klub hisobida 57 ochko bo‘lsa-da, g‘alabalar evaziga birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. OKMKning ochkolari 41 taga yetdi va jadvalda 6-o‘rindan joy oldi.

Shuningdek, “Bunyodkor” — “Mash’al” uchrashuvi 2:1 hisobida yakunlandi. Poytaxt klubi ushbu g‘alabadan so‘ng, 46 ochko bilan liganing 5-pog‘onasiga chiqib oldi. “Mash’al” esa 23 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA