French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superligada “Nasaf” hamon peshqadam
22:21 / 2025-09-21

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-turida "Andijon" – "So‘g‘diyona" va “Qizilqum” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Andijon shahridagi “Bobur arena” stadionida tashkil etilgan "Andijon" va "So‘g‘diyona" jamoalari bahsi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.  Navoiydagi “Yoshlik” sport majmuasida o‘tgan “Qizilqum” hamda “Nasaf” uchrashuvida 0:1 hisobi qayd etildi va Qarshi shahri klubi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, milliy chempionatimizning 22-turi o‘z yakuniga yetdi. Qayd etilgan natijalardan so‘ng liga jadvalida “Nasaf” 49 ochko bilan peshqadamligini saqladi. “Neftchi” 45 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda qoldi. OKMK va “Paxtakor” jamoalari bir xil - 40 ochko to‘plagan holda gollar nisbatiga ko‘ra 3-4 o‘rindan joy oldi. “Bunyodkor” va “Dinamo” jamoalari hisobida 38 ochko bor bo‘lib, 5-6 pog‘onadan o‘rin olgan.

Shuningdek, “Navbahor” 33, “Qizilqum” 26, “Surxon” va “So‘g‘diyona” 25 ochkoga ega chiqib, kuchli o‘nlikni yakunlab berdi. “Andijon”, “Mash’al” hamda “Qo‘qon-1912” klublari 23-tur oldidan ochkolarini 22 taga yetkazdi va gollar nisbatiga ko‘ra 11-13 o‘rinlarga taqsimlandi. Chempionatimizning quyi pog‘onasida “Buxoro” va “Xorazm” 20, “Sho‘rtan” esa 12 ochko bilan qolmoqda.

Milliy chempionatimizning 23-tur o‘yinlari 25-30 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi unda quyidagi o‘yinlarga guvoh bo‘lamiz:

25.09.2025: "Nasaf" – "Xorazm";

26.09.2025:  "Andijon" – "OKMK";

27.09.2025: "Navbahor" – "Qizilqum";

28.09.2025: "Qo‘qon-1912" – "Bunyodkor";

29.09.2025: "Dinamo" – "Sho‘rtan", "Paxtakor" – "Surxon";

30.09.2025: "Mash’al" – "Buxoro",  "So‘g‘diyona"  – "Neftchi".

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA