Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superligada “Nasaf” hamon peshqadam
12:26 / 2025-08-09

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda “Xorazm” – “Surxon” 2:2, “Qizilqum” – “Buxoro” 1:0 va “Bunyodkor” – “Sho‘rtan” 1:1 hisobidagi natijalar qayd etildi.

Ushbu tur yakuniga ko‘ra, musobaqa jadvalida “Nasaf” 37 ochko bilan yaqqol peshqadam sifatida qoldi. “Neftchi”, OKMK va “Dinamo” klublari esa 33 ochko to‘plagan holda gollar nibatiga ko‘ra 2-4-o‘rinlardan joy oldi. Kuchli beshlikni “Bunyodkor” 31 ochko bilan yakunlab berdi.

“Paxtakor” bu turdagi mag‘lubiyat evaziga 29 ochko bilan 6-pog‘onada qolgan bo‘lsa, “Navbahor” 28 ochko jamg‘arib, 7-o‘ringa joylashdi.  “Andijon” va “Qizilqum” jamoalari 21 ochko bilan 8-9, “Surxon” 20 ochko ega chiqib, 10-o‘rinni band etdi.  

Shuningdek, “Xorazm” 18, “So‘g‘diyona” 17 va “Mash’al” klubi 15 ochko bilan 11-13- pog‘onadan joy oldi. “Buxoro” 13, “Qo‘qon-1912” 12 va “Sho‘rtan” 10 ochko to‘plab, hamon Superliga jadvalining quyi o‘rinlarida bormoqda.  

Milliy chempionatimizda “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev o‘tgan 17 ta turda 12 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida karvonboshilik qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Superligasining 18-tur uchrashuvlari 10-13 avgust kunlari tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA