Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superligada ilk tur o‘yinlari yakunlandi
09:55 / 2026-03-02

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumi dastlabki turi ham o‘z yakuniga yetdi. E’tiborli jihati, ushbu turda durang qayd etilmadi.

Jumladan, milliy chempionatimizning dastlabki turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 1:0 hisobida yakunlangan bo‘lsa, “Andijon” — “So‘g‘diyona” o‘yini 4:0, “Paxtakor” — “Qizilqum” bahsi esa 2:0 hisobida yakunlandi. Shuningdek, 1-turda “Neftchi” — “Mash’al” 3:0, “Lokomotiv” — “Surxon” 3:1, “Dinamo” — “Navbahor” 1:2, OKMK — “Bunyodkor” 0:1, “Nasaf” — “Xorazm” 1:0 natijalari qayd etildi.

Shu tariqa, mazkur bellashuvlarda g‘alaba qozongan sakkizta klub o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi va liga jadvalida gollar nisbatiga ko‘ra taqsimlandi.

O‘zbekiston Superligasining 2-tur uchrashuvlari 4–6-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi bellashuvlar o‘tkaziladi:

4-mart

“Qo‘qon-1912” — “Paxtakor” (18:45)

“Qizilqum” — “Andijon” (19:15)

5-mart

“Navbahor” — “Buxoro” (19:00)

“Mash’al” — “Lokomotiv” (19:15)

“Surxon” — “Neftchi” (19:30)

6-mart

“Bunyodkor” — “Dinamo” (19:00)

“So‘g‘diyona” — “Nasaf” (19:15)

“Xorazm” — “OKMK” (19:30)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA