Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superligada favoritlar saralanmoqda
09:49 / 2026-03-07

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-tur uchrashuvlari ham yakunlandi. Qiziqarlisi, ushbu turda ham birorta uchrashuvda durang qayd etilmadi.

Natijada «Neftchi», «Lokomotiv», «Paxtakor», «Nasaf» va «Buxoro» klublari hisobidagi ochkolar 6 taga yetdi va gollar nisbatiga ko‘ra 1-5 pog‘onalarni band etgan bo‘lsa, «Navbahor», «Qizilqum», «Dinamo», «Bunyodkor», «Andijon» hamda «Xorazm» jamoalari 3 ochko bilan keyingi o‘rinlardan joy oldi. 

O‘tgan ikki turda mag‘lub bo‘lgan OKMK, «So‘g‘diyona», «Surxon», «Mash’al» va «Qo‘qon-1912» o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha jadvalning quyi qismini egallamoqda.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, ushbu turdan so‘ng "Neftchi" klubi a’zosi xorvatiyalik Stipe Peritsa 3 ta gol bilan Superliganing to‘purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan esa Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Firdavs Abdurahmonov ("Dinamo"), Piyotr Pajishek ("Paxtakor") va Quvonchbek Abrayev ("Lokomotiv") 2 tadan gol bilan bormoqda.

O‘zbekiston Superligasi. 3-tur uchrashuvlari taqvimi

10-mart
19:00 — «Neftchi» — «Andijon»
19:45 — «Mash’al» — «Qizilqum»
20:00 — «Paxtakor» — «Navbahor»

11-mart
16:30 — «Surxon» — «Bunyodkor»
19:30 — «Lokomotiv» — «Qo‘qon-1912»
19:45 — «Buxoro» — «Xorazm»

12-mart
19:30 — OKMK — «So‘g‘diyona»
20:00 — «Dinamo» — «Nasaf»

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA