Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superligada 6-tur uchrashuvlari boshlanmoqda
10:21 / 2025-04-18

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-tur uchrashuvlari bugun, 18 aprel kuni boshlanadi. Mazkur turning ilk kunida “Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” va “Xorazm” – “Bunyodkor” klublari o‘rtasidagi o‘yinlar o‘tkazildi.

Milliy chempionatimizning ushbu turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Paxtakor”, “Sho‘rtan” – “Mash’al”, “Buxoro” – “Nasaf” jamoalari bahsi 19 aprel kuni tashkil etilsa, 20 aprel kuni OKMK – “So‘g‘diyona”, “Andijon” – “Dinamo” va  “Surxon” – “Navbahor” o‘rtasidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lamiz.

Hozirda beshinchi tur yakunlariga ko‘ra, Superliga jadvalida OKMK 13 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylangan. “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari esa 11 ochko  jamg‘arib, kuchli uchlikdan o‘rin olgan. “Neftchi”, “Andijon” va “Dinamo” klublari musobaqada 9 ochko jamg‘argan holda keyingi o‘rinlarda bormoqda.

“Navbahor” o‘tgan beshta o‘yinda 8 ochko to‘plab 7-pog‘onadan joy oldi. “Qo‘qon-1912”, “Buxoro” va “Xorazm” jamoalari 6 ochko to‘plagan holda kuchli o‘ntalik ro‘yxatni yakunlab berdi. “So‘g‘diyona” va “Qizilqum” hisobida 4 ochko mavjud hamda ular 11-12-o‘rinda bormoqda. “Paxtakor”, “Surxon”, “Mash’al” 3 ochko bilan, “Sho‘rtan” esa bor-yo‘g‘i 1 ochkoni qo‘lga kiritib, quyi pog‘onalarga joylashdi.  

Darvoqe, “Qizilqum” va “Xorazm” klublari qolgan jamoalarga nisbatan bitta o‘yin kam o‘tkazgan.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA