French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superligada 12-tur uchrashuvlari bugun start oladi
10:53 / 2025-06-13

Xabaringiz bor, FIFA kunlari sababli futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 11-tur yakunlanganidan so‘ng qisqa muddatli tanaffus e’lon qilingan edi.

Bugun, 13 iyun kuni Superliganing 12-tur uchrashuvlari start oladi. Musobaqaning ushbu turini “Qo‘qon-1912” — “Mash’al”, “Buxoro” — “Andijon” uchrashuvi boshlab beradi.

Shu o‘rinda, Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida soat 20:00da start oladigan “Buxoro” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasi haqida to‘xtalib o‘tishni lozim ko‘rdik.  

Shu paytga qadar “Buxoro” va “Andijon” jamoalari 50 marotaba maydonda to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarda “Buxoro” 21 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Andijon” hisobida 16 ta g‘alaba bor. Qolgan 13 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. Umumiy gollar nisbati — 80:66, buxoroliklar foydasiga. Jamoalar so‘nggi bor 2023 yilgi mavsumda to‘qnashgan. Andijonda o‘tgan bellashuvda “Andijon” 2:1, Buxorodagi o‘yinda esa 0:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” — “Mash’al” uchrashuvi haqida ham ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz. 12-turdan o‘rin olgan mazkur uchrashuvni G‘ayrat Jo‘rayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Islom Nosirov va Rasul Fozilovlar yordam beradi. Zaxira hakami etib Isroil Imomnazarov tayinlangan.

O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlasak, jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 22 marta to‘qnash kelgan. Bu o‘yinlarda "Qo‘qon-1912" 9 ta, "Mash’al" esa 7 ta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati "Mash’al" foydasiga 28/26.  

Eslatib o‘tamiz, hozirda Superliga jadvalida “Andijon” "Qo‘qon-1912", "Mash’al" bir xil 12 ochko jamg‘arib, 10-12-o‘rinlarda bormoqda. “Buxoro” esa 8 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan.

Superliganing ushbu turida quyidagi bahslar bo‘lib o‘tadi:

14 iyun:  “Bunyodkor” – “Paxtakor”,  OKMK – “Sho‘rtan” “Qizilqum” – “So‘g‘diyona”;

15 iyun:  “Xorazm” – “Dinamo”,  “Nasaf” – “Navbahor” “Surxon” – “Neftchi”;

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA