Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: “Turon”da g‘alaba, “Olimpik”da esa durang qayd etildi
15:29 / 2023-10-27

Yurtimizda futbol bo‘yicha Superliganing 23-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tur doirasida Toshkentda “Olimpik” va “Qizilqum”, Yaypanda esa “Turon” hamda “So‘g‘diyona” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

“Jar” stadionida o‘tgan “Olimpik” va “Qizilqum” klublari o‘rtasidagi bahslarda hisob ochilmadi.  

“Turon” “O‘zbekiston” stadionida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi va hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Ilgiz Tantashev mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi hamda Xurshid Muxtorov ushbu vaziyatdan unumli foydalanib jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.  

Shu tariqa, “Turon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni 1:0 hisobida yengdi.  

Bugun, 27 oktyabr kuni Superliganing 23-tur bahslari davom ettiriladi. Unda “Surxon” Toshkentda “Navbahor”ni qabul qiladi. “Nasaf” esa Qarshida “Metallurg” bilan o‘ynaydi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA