Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga qizg‘in pallaga kirmoqda
11:37 / 2025-10-03

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 24-turi uchrashuvlari 3-5 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Milliy chempionatimizning ilk kunida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ikki uchrashuvning ilk bahsi Xorazmda bo‘lib o‘tadi. Unda mezbonlar Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi. Mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadigan ushbu o‘yinni  Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida o‘tkazadi. Unga qanotlarda  Ruslan Samandarov, Amal Sultonov yordam beradi.

Kunning ikkinchi bahsi Olmaliqda soat 19:15 da boshlanadi. Unda OKMK va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.  Bu uchashuvda Shavkat Nasibullayev bosh hakam sifatida ishlaydi. Qanotlarda esa  Amir Galeyev, Danil Yasenko faoliyat olib boradi.  

Shuningdek, tur davomida, 4 oktyabr kuni, "Surxon" — "Dinamo",  "Buxoro" — "Paxtakor", "Bunyodkor" — "Nasaf", 5 oktyabrda "Sho‘rtan" — "So‘g‘diyona", "Neftchi" — "Andijon", "Qizilqum" — "Mash’al" klublari o‘rtasidagi o‘yinlarga guvohi bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA