Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: "Paxtakor" "So‘g‘diyona"ni yengdi
11:55 / 2025-08-16

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasidagi ilk o‘yin Toshkentdagi “Jar” stadionida "Paxtakor" – "So‘g‘diyona" klublari o‘rtasida kechdi.

Dastlabki daqiqalardan o‘yin tizginini qo‘lga olgan “Paxtakor” jamoasi raqib darvozasiga bir qator hujumlar uyushtirdi. Natijada 14-daqiqada Ibrohim Ibragimov penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida mezbonlar vakili Hojiakbar Alijonov gol urdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.  

Shu tariqa, “Paxtakor” ochkolarini 33 taga yetkazib olgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 20 ochko bilan qoldi.  

Bugun, 16 avgust kuni Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Neftchi”, “Dinamo” — “OKMK”, “Nasaf” — “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasigi bahslarga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA