Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: Namangan va Samarqandda markaziy o‘yinlar bor
13:25 / 2025-10-18

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida bugun, 18 oktyabr kuni “Navbahor” – “Bunyodkor”, “Dinamo” – “Buxoro” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Xususan, Namangandagi “Markaziy” stadionida “Navbahor” va “Bunyodkor” jamoalari raqobatlashadi. Shu o‘rinda klublarnig o‘zaro o‘yinlarida qayd etilgan natijalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Milliy chempionatimiz tarixida bu ikki klub 39 marotaba to‘qnash kelgan. Unda “Bunyodkor” jamoasi 21 martda zafar quchgan bo‘lsa, “Navbahor” 10 ta o‘yinda yutgan. Qolgan 8 o‘yin durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati esa 71/43 - poytaxt klubi foydasiga.

Ushbu klublarning o‘zaro bellashuvlaridagi eng yirik hisoblar 2009 va 2023 yillarda kuzatilgan. 2009 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “Bunyodkor” 6:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2023 yil “Navbahor” poytaxt klubini 5:1 hisobida yutgan.

Bugungi kunning ikkinchi o‘yini Samarqandda “Dinamo” va “Buxoro” o‘rtasida soat 19:15 da start oladi. Shu kunga qadar o‘tgan 47 ta bahsning 21 tasida “Buxoro” yutgan va 10 marotaba durang qayd etilgan. “Dinamo” esa 16 to‘qnashuvni o‘z foydasiga hal etishni uddalagan. O‘tgan mazkur o‘yinlarda “Buxoro” 63 ta gol urib, o‘z darvozasidan 58 ta to‘p olib chiqqan.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA