Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: Kutilmagan natijalarga boy tur yakunlandi
10:31 / 2025-11-11

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 28-turini "Surxon" va "Sho‘rtan" jamoalari bahsi yakunlab berdi. Mazkur o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, kutilmagan natijalarga boy o‘tgan mazkur turda "Neftchi" 61 ochko bilan peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi. "Nasaf" esa kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng, 58 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. “Neftchi” kelgusi turda 3 ochkoni qo‘lga kirita olsa, milliy chempionatimiz yakunlanishiga bitta tur qolganda musobaqa g‘olibiga aylanadi.  

28-tur yakuniga ko‘ra, "Paxtakor" 56 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi. O‘z hisobida bitta zaxira o‘yini bo‘lgan "Dinamo" 53 ochko to‘plab to‘rtinchi bo‘ldi. "Bunyodkor" esa 46 ochko jamg‘arib, kuchli beshlikni yakunlamoqda. OKMK ochkolarini 44 taga yetkazgan bo‘lsa, "Navbaxor" 38, "So‘g‘diyona" 37, "Qizilqum" 35, "Surxon" 31 ochko bilan 6-10 o‘rinda qayd etildi. Shuningdek, 11-16 pog‘onalarda "Qo‘qon-1912", "Mash’al", "Andijon", "Buxoro", "Xorazm" hamda "Sho‘rtan" joy olgan.

O‘tgan 28 tur mobaynida raqib darvozasiga 18 ta gol urgan Igor Sergeyev ("Paxtakor") to‘purarlar ro‘yxatida karvonboshilik qilmoqda. Hisobida 16 ta gol bo‘lgan Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona") ikkinchi, Husayn Norchayev esa ("Nasaf") 14 ta gol urgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Superligada FIFA kunlari sababli qisqa muddatli tanaffus e’lon qilinadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatimizning 29- turi 19-22 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz.

19 noyabr: "Sho‘rtan" — "Buxoro";

20 noyabr: "Surxon" — OKMK, "Paxtakor" — "Nasaf";

21 noyabr: "Mash’al" — "Navbaxor", "Dinamo" — "Qo‘qon-1912", "Andijon" — "Xorazm";

22 noyabr: "So‘g‘diyona" — "Bunyodkor", "Neftchi" — "Qizilqum".

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA