Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga kutilmagan natijalarga boy bo‘lmoqda
08:17 / 2025-11-10

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 28-turi bugun Termiz shahridagi “Surxon-arena” stadionida o‘tadigan “Surxon” va “Sho‘rtan” uchrashuvidan so‘ng o‘z yakuniga yetadi.

Kuni kecha mazkur tur doirasida "Qizilqum" o‘z maydonida "Andijon"  jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 1-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kristian Novak kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ammo hakam tomonidan birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Damir Temirov havodan uzatilgan to‘pga boshi bilan aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi.  73-daqiqada esa Shoxruz Norxonov gol urib “Qizilqum” jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shuningdek, "Xorazm" va  "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Mazkur bahsdagi gollarga 84-daqiqada Lyupcho Doriyev va 90+3-daqiqada esa Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA