Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga ikkinchi tur o‘yinlari shiddatli o‘tishi kutilmoqda
10:24 / 2026-03-03

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-tur uchrashuvlari 4-6-mart kunlari bo‘lib o‘tadi va turning ilk kunida “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor”, “Qizilqum” – “Andijon” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 2-turning ilk o‘yini Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida soat 18:45 da “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Bu bahs qizg‘in o‘tishi kutilmoqda. Bunga sabab, poytaxt klubi birinchi turdagi g‘alabadan so‘ng, yaxshi kayfiyatda uchrashuvni o‘tkazib, navbatdagi 3 ochko uchun bor e’tiborini hujumga qaratsa, mezbonlar safarda “Buxoro” bilan o‘yindagi mag‘lubiyat alamini olish uchun bor e’tiborini g‘alabaga qaratadi.  

Ikkinchi uchrashuv Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida soat 19:15da “Qizilqum” va “Andijon” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuvda ham mehmon jamoaning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.  

Shuningdek, milliy chempionatimiz doirasida 5-mart kuni “Navbahor” – “Buxoro” (19:00),  “Mash’al” – “Lokomotiv” (19:15), “Surxon” –  “Neftchi” (19:15), 6-mart sanasida “Bunyodkor” – “Dinamo”(19:00),  “So‘g‘diyona” – “Nasaf” (19:15) va “Xorazm” – OKMK (19:30) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lamiz.  

Ayni damda “Andijon”, “Paxtakor”, “Buxoro”, “Neftchi”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Navbahor” va “Bunyodkor” klublari g‘alaba qozongan holda o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi va liga jadvalida gollar nisbatiga ko‘ra turli pog‘onalarga taqsimlandi. “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”, “Qizilqum”, “Mash’al”, “Surxon”, “Dinamo”, OKMK, “Xorazm”  jamoalari esa mag‘lub sifatida ochkosiz qoldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA