Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga: Buxoro o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
11:39 / 2023-07-28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston “Coca Cola” superligasining ikkinchi davrasida 14-tur bahslari boshlandi. Turning ilk uchrashuvi Buxoroda tashkil etildi.

Unda "Buxoro" jamoasi "Turon"ni qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shiddatli bahslar ostida o‘tgan o‘yinda Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, Shohmalik Komilov, Mahmud Jo‘raboyev, Shohruz Norxonov, Asadbek Saitxonov kabi futbolchilar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.      

Bugun, 28 iyul kuni 14-tur uchrashuvlari davom etadi. Bugungi kun dasturidan Toshkentda o‘tadigan "Olimpik" va "Paxtakor" hamda Andijon shahri mezbonlik qiladigan "Andijon" va "Nasaf" uchrashuvlari o‘rin olgan.  

Ertaga, 29 iyul kuni esa “Neftchi” – “Metallurg”, “OKMK” – “Surxon”, “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” hamda “Qizilqum” – “Navbahor” o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.    

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri