French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga bahslarining yangi mavsumi startiga bir kun qoldi
12:22 / 2026-02-26

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi ertaga, 27-fevral kuni start oladi va musobaqaning ilk davrasi 4-may kuniga qadar davom etadi.

16 jamoa ishtirokida o‘tadigan milliy chempionatimizning ilk turini «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» jamoalari bahsi boshlab beradi. Uchrashuv soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 27-fevral kuni «Andijon» – «So‘g‘diyona» (18:45) va «Paxtakor» – «Qizilqum» (19:00) klublari ham o‘zaro kuch sinashadi.

«Paxtakor» klubi bir yarim yillik tanaffusdan keyin yana "Paxtakor" stadioniga qaytdi va 2026-yilgi mavsum o‘yinlarini ushbu o‘yingohda o‘tkazadigan bo‘ldi.  

28-fevral sanasidan o‘rin olgan uchrashuvlarni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida soat 18:45 da start oladigan «Neftchi» va «Mash’al» to‘qnashuvi boshlab bersa, «Lokomotiv» – «Surxon» bahsi 19:00 da, «Dinamo» – «Navbahor» o‘yini soat 19:15 da tashkil etiladi.

Birinchi turning so‘nggi bahslari 1-mart sanasida OKMK – «Bunyodkor» (19:00) va «Nasaf» – «Xorazm» (19:15) jamoalari o‘rtasida tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA