Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga-2022. «Olimpik» «Surxon» bilan durang o‘ynadi, «Neftchi» vodiy derbisida g‘alaba qozondi
08:57 / 2022-03-03

Toshkent va Yaypanda o‘tgan uchrashuvlar bilan Superliga 2022 yilgi mavsumiga rasman start berildi.

Superligadagi ilk uchrashuvida «Olimpik» «Surxon»ga qarshi saf tortdi. Tengkurashlar ostida o‘tgan bahsda hisob ochilmadi – 0:0.

Yaypanda «Neftchi» 89-daqiqadagi penalti evaziga «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etib, Superligaga qaytishni vodiy derbisidagi g‘alaba bilan nishonladi. Shu kuni Superliga-2022ning ilk goliga farg‘onaliklar hujumchisi Shahzodbek Ubaydullayev mualliflik qildi. Turnirning dastlabki goli bosh hakam Ahror Risqullayev tomonidan VAR orqali belgilangan penaltidan so‘ng kiritildi.

Tur doirasidagi navbatdagi bahslar 3-4 mart kunlari o‘tkaziladi.

Superliga. 1-tur

«Olimpik» – «Surxon» - 0:0

Toshkent, «Paxtakor» stadioni.
Bosh hakam: Asker Najafaliyev (Toshkent)
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Komissar: Jahongir Rahmatullayev.

«Olimpik»: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ruslanbek Jiyanov (99.Muhammadali G‘iyosov, 75), 9.Temur Mamasidiqov (8.Bektemir Abdumannonov, 46), 10.Farrux Muxtorov (77.Davron Anvarov, ), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 19.Dostonbek Tursunov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 44.Shahzod Toirov, 47.Humoyun Sherbo‘tayev, 70.Abubakr Rizo Turdaliyev (5.Muhammadqodir Hamraliyev, 46).

«Surxon»: 25.Xaver Ximenes, 2.Zoir Jo‘raboyev, 3.Bobirjon Akbarov, 7.Islomjon Toshpo‘latov, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 10.Murodbek Bobojonov (55.Sharofiddin Shobirov, 70), 11.Luis Migel (23.Abdulaziz Yusupov, 70), 19.Nuriddin Hasanov (13.Miroslav Markovich, 64), 20.Iqbol Malikjonov, 33.Tohir Shamciddinov, 66.Behruz Shaydulov.

«Neftchi» – «Qo‘qon-1912» - 1:0

Yaypan, «O‘zbekiston» stadioni.
Gol: Shahzodbek Ubaydullayev, 89 penaltidan.
Hakam: Ahrol Risqullayev (Toshkent)
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
VAR assistent: Maksim Nexochin
Komissar: Sherzod Rajabov

«Neftchi»: 45.Akbar To‘rayev, 7.Oybek Qilichev (6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 65), 11.Izzatilla Abdullayev (46.Shahzodbek Ubaydullayev, 75), 13.Lutfulla To‘rayev (80.Aleksandr Yeshich, 40), 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Anvarjon G‘ofurov, 28.Daniel Stoykovich, 44.Darko Stanoyevich, 70.Abbos G‘ulomov (9.Sunnatulla Abdullajonov, 65), 77.Abror Ismoilov, 99.Ulug‘bek Hoshimov (31.Marko Sharich, 65).

«Qo‘qon-1912»: 1.Muzaffar Abdullayev, 8.San’at Shixov (13.Sardor Azimov, 46), 10.Javohir Sidiqov, 11.Mo‘min Meliyev (18.Shahzodbek Nurmatov, 75), 14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro‘ziyev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Bilolxon Toshmirzayev (7.Jamshid Hasanov, 77), 77.Murod Xolmuhammedov.

[gallery-5966]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA