Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Super-kontrakt o‘rniga yangi tizim joriy etildi (+video)
14:44 / 2025-09-26

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “O‘zbekistonda super-kontrakt butunlay bekor qilindi” degan xabarlar asl haqiqatga mos emas.

2025 yil 13 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2017 yil 20 iyunda tasdiqlangan va hozirgacha amal qilib kelgan 393-sonli qaror o‘z kuchini yo‘qotdi.   

Ushbu eskirgan qarorga asosan, testda 56,7 balldan kam olgan abituriyentlar super-kontrakt asosida — ya’ni eng yuqori to‘lov-shartnomaning ikki barobarigacha to‘lov qilib — 1-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilinishi mumkin edi. Endi bu tartib bekor qilindi.   

Yangi qarorga muvofiq, to‘lov-kontrakt miqdori abituriyent tanlov chegarasidan qancha kam ball to‘plaganiga qarab aniqlanadi. Ya’ni kontrakt narxlari quyidagi tarzda tabaqalashtiriladi:   

1,05 ballgacha yetmay qolganlar – bazaviy kontraktning 1,5 barobari  

1,06 dan 2,05 ballgacha – 2 barobar  

2,06 dan 3,05 ballgacha – 2,5 barobar  

3,06 dan 4,05 ballgacha – 3 barobar   

Agar abituriyent tanlov natijasidan 4,05 balldan ortiq yetisha olmagan bo‘lsa, uning to‘lov miqdori oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan belgilanadi. Bu miqdor kamida bazaviy kontraktning 3 barobaridan kam bo‘lmasligi kerak.   

Xulosa qilib aytganda, super-kontrakt tizimi eski ko‘rinishda bekor qilinib, o‘rniga ball natijalariga qarab aniq belgilanuvchi, bosqichli yangi to‘lov tizimi joriy etildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/76JChDp4KSs" title="Super-kontrakt o‘rniga yangi tizim joriy etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA