Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sunnatilla Oʻsarov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi
08:00 / 2019-04-27

Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda.


Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha erkaklar oʻrtasida 102 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Sunnatilla Oʻsarov dast koʻtarish bahsida 172 kg toshni oʻziga boʻysundirib, kumush medalini qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Siltab koʻtarishda birinchi urinishda 191 kg natija koʻrsatgan sportchimiz, ikkinchi va uchinchi urinishda 197 kg ogʻirlikni zabt eta olmadi. Ikki kurash natijasi koʻra, 363 kg natija koʻrsatgan Oʻsarov 4-oʻrin bilan cheklandi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy

Erkaklar -102 kg

1. Rizo Bayrolvand (Eron) – 389 kg (173 kg+216 kg)

2. Amir Hoghougi (Eron) – 384 kg (169 kg+215 kg)

3. Taro Tanaka (Yaponiya) – 364 kg (170 kg + 194 kg)

4. Sunnatilla Oʻsarov (Oʻzbekiston) – 363 kg (172 kg + 191 kg)

Maʼlumot oʻrnida, mazkur musobaqaga 6 nafar atletimiz yoʻl olgan, hozirgacha Muattar Nabiyevada (-55 kg) 3 ta bronza medal qoʻlga kiritgan boʻlsa, Adhamjon Ergashev (-67 kg) toʻrtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi oʻrinni egallagan edi.

Bugun yana ikki nafar sportchimiz Akbar Joʻrayev (-109 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) qitʼa chempionati bahslarida ishtirok etishadi.