French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy yo‘ldosh internetini joriy etish bo‘yicha yangi qadam
09:34 / 2025-12-12

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amazon Leo kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakatda sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini joriy etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Leo o‘rtasida avval imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq, O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internet infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Aholi uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish va telekommunikatsiya bozorida ulanish imkoniyatlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, loyihaning iqtisodiy samaradorligi, mahalliy bizneslar uchun imkoniyatlar hamda uning uzoq muddatli barqarorligi yuzasidan fikr almashildi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA