Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt yordamida ta’minot zanjirlarida xavflarni boshqarish tahlili
19:04 / 2023-10-10

Sun’iy intellekt korxonalarning ta’minot zanjirlarida xavflarni boshqarish tamoyillarini tubdan o‘zgartirib bormoqda. Bugungi kunda ta’minot tarmoqlari yuqori darajada murakkab va o‘zaro integratsiyalashgan bo‘lib, an’anaviy, qo‘lda boshqariladigan usullar tezkor va samarali qarorlar qabul qilish uchun yetarli bo‘lmay qolmoqda. Shu sababli, tashkilotlar xavflarni samarali boshqarish uchun zamonaviy raqamli yechimlarga, xususan, sun’iy intellekt imkoniyatlariga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda.

Sun’iy intellekt katta hajmdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish, xatarlarni oldindan aniqlash va ularga moslashuvchan hamda dinamik ravishda javob berish imkonini taqdim etadi. Bu esa ta’minot zanjiri ishonchliligini oshirish va uzilishlarning oldini olishda xizmat qilmoqda. Biroq sun’iy intellektga investitsiya kiritish bo‘yicha har qanday qaror tashkilotning strategik maqsadlari, mavjud texnologik infratuzilmasi hamda tayyorlik darajasini chuqur va tizimli tahlil qilish asosida qabul qilinishi zarur. Chunki faqat shunday yondashuv orqali sun’iy intellekt texnologiyasining to‘liq salohiyatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Sun’iy intellektni joriy etish holati va ta’siriAyni vaqtda, korxonalar sun’iy intellektni xavflarini boshqarish jarayonlariga joriy etishga bo‘lgan qiziqishni faol ravishda namoyon etmoqda. Jumladan, hozirgi kunda korxonalarning 21% sun’iy intellektni joriy etishni ko‘rib chiqayotganini inobatga olsak, ushbu texnologiyaning xavflarni boshqarishdagi strategik ahamiyati kundan kunga ortayotgani aniq bo’ladi (1-rasm). 

A graph with numbers and text

AI-generated content may be incorrect.

1-rasm. Sun’iy intellektni tatbiq etish darajalari (APQC, 2021)

Buning ustiga, McKinsey tomonidan olib borilgan tadqiqotlar sun’iy intellektga asoslangan ta’minot zanjiri korxonalar uchun sezilarli iqtisodiy va operatsion afzalliklar yaratganini ko‘rsatmoqda. Xususan, ushbu korxonalarda, logistika xarajatlari o‘rtacha 15% qisqargan, ombor zaxiralari darajasi 35% optimallashtirilgan va xizmat ko‘rsatish darajasi 65% yaxshilangan (2-rasm). Ushbu natijalar esa sun’iy intellektni xavflarni boshqarish vositasi sifatida ham joriy etish orqali korxonalar o‘z ta’minot zanjirlarining samaradorligi va barqarorligini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini yaqqol tasdiqlaydi.

A pie chart with numbers and a percentage

AI-generated content may be incorrect.

2-rasm. SI ta’sirida ta’minot zanjiri ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi (Mckinsey, 2021)

Tayyorlikni baholash modeli: Ta’minot zanjiridagi xavflarni samarali boshqarishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun tashkilotning texnologik va tashkiliy tayyorlik darajasini aniq baholash muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonni bajarishda strukturalashtirilgan baholash modeli eng samarali va asoslangan usul bo’lishi mumkun. Xususan, quyida keltirilgan baholash modelida, e'tibor berilishi lozim bo'lgan muhim sohalar, savollar va tayyorlik o'lchovlari mavjud:

 Baholash sohasi

Asosiy savollar

Tayyorlik belgilari

Muammoli nuqtalar

Ta’minot zanjiringizda uzilishlar, kechikishlar yoki sifat muammolari uchrayaptimi? Tabiiy ofatlar, kiberhujumlar yoki yetkazib beruvchilar muvaffaqiyatsizliklari kabi kutilmagan xavflarga duch kelyapsizmi? Sizda real vaqtda to‘liq shaffoflik bormi yoki jarayonlar asosan qo‘lda boshqariladimi?

Tez-tez uzilishlar, yuqori tashqi xatarlar, sekin va qo‘lda boshqariladigan jarayonlar, real vaqtda shaffoflik yetishmasligi

Ma’lumot sifati va integratsiyasi

Ta’minot zanjiringizdagi ma’lumotlar aniq, dolzarb va mavjudmi? Bo‘limlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida ma’lumotlar birlashtirilganmi? Voqealarni real vaqt rejimida kuzatib borasizmi yoki faqat davriy hisobotlarga tayanyapsizmi?

Markazlashtirilgan, dolzarb va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini qo‘llash hamda ta’minot zanjiri jarayonlarini real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyatining mavjudligi

Texnologiya va ko‘nikmalar

Jamoangiz raqamli texnologiyalar va tahlil qilish imkoniyatlariga ega emasmi? Yangi texnologiyalarni joriy etishda IT ko‘magi bormi? Rahbariyat sun’iy intellektga investitsiya qilishga tayyormi?

Raqamli savodxonlik, kuchli IT ko‘magi, rahbariyatning tayyorligi va texnologiyaga investitsiya qilish istagi

Potensial foyda

Risklarni erta aniqlash va ularga tezkor javob berish orqali operatsion xarajatlarni kamaytirish hamda potensial yo‘qotishlarning oldini olish imkoniyati mavjudmi? Bashoratga asoslangan tahlil yordamida ta’minot zanjiridagi muammoli joylarni va yetkazib beruvchilarga oid risk omillarini oldindan aniqlab, oldini olish choralarini ishlab chiqish mumkinmi? Avtomatlashtirilgan jarayonlar orqali xodimlar takroriy va vaqt talab qiladigan ishlarni kamaytirib, strategik va yuqori qiymatga ega vazifalarga ko‘proq e’tibor qaratishi mumkinmi?

Operatsion xarajatlarni optimallashtirishga, umumiy samaradorlikni oshirishga, risklarga o‘z vaqtida va samarali javob berishga hamda mavjud resurslardan oqilona va strategik asosda foydalanishga tayyorlik darajasining mavjudligi

Joriy etishning murakkabligi

Ta’minot zanjiringiz bir nechta mamlakatlarni qamrab olganmi yoki turli xil tartibga soluvchi va huquqiy muhitlarda faoliyat yuritadimi? Sun’iy intellektni joriy etish jarayonida zarur tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish, xodimlarni yangi texnologiyalar bo‘yicha tayyorlash va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga tayyormisiz? Ushbu texnologiyani bosqichma-bosqich joriy etish uchun avvalo cheklangan ko‘lamdagi pilot loyihani amalga oshirish imkoniyatingiz bormi?

Murakkablik darajasining boshqarilishi mumkinligi, tashkilotning o‘zgarishlarga tayyorligi hamda texnologiyani avval pilot loyiha shaklida sinovdan o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi

Keyingi bosqichda esa ushbu yondashuvni amaliyotga qo'llash imkoniyatlarini, mavjud cheklovlarni va kelgusidagi rivojlanish yo'nalishlarini o'rganish muhimdir.

Amaliy jarayon va asosiy bosqichlar: Agar korxona yuqorida keltirilgan tayyorlik ko'rsatkichlariga javob bersa, sun’iy intellektni qo'llash orqali xavflarni samarali boshqarishda muhim foyda olish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Agar ta'minot jarayonlarida tez-tez muammolar paydo bo'lsa va ma'lumotlar bazasi ishonchli hamda birlashtirilgan bo'lsa, bunday vaziyatlarda bashoratga asoslangan tahlillarni va avtomatik javob mexanizmlarini muvaffaqiyatli tushirish imkoniyati oshadi. Olingan ma’lumotlar qoniqarsiz bo’lsa yoki raqamli texnologiyalarni o’zlashtirish jarayoni sekin o’tayotgan holda muammolar negizini tushunib infratuzilmalar va ishchi kuchi qobiliyatlari ustida muntazam ishlash darkor. 

Xususan, xavflarni boshqarish jarayoni butun ta’minot zanjirini xaritalashdan boshlanadi. Bu yerda barcha yetkazib beruvchilar, logistika yo‘nalishlari va muhim materiallar aniqlanadi. Faqat asosiy yetkazib beruvchilar bilan cheklanmaslik kerak, chunki risklar ko‘pincha yuqoriroq bosqichlarda yuzaga kelishi mumkun.

Keyingi qadamda esa korxonalar o’z yetkazib beruvchi hamkorlarini moliyaviy barqarorligi nisbatan hamda o'tgan faoliyat natijalari asosida baholab, ularning xavf darajasini aniqlash maqsadida reyting tizimini ishlab chiqishi muhim. Shundan son’g, yetkazib beruvchilarning ishonchliligini ta'minlash masalasi, ularning faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilish va auditorlik jarayonlarini rejalashtirish bilan o’tadi.

Korxonalar kelgusida moliyaviy, mahalliy va boshqa omillarga tayanib o’z yetkazib beruvchilarni muayyan reytingini tuzib, qarorlar qabul qilishda shu reyting ko’rsatgichlaridan foydalanishi samarali bo’ladi. Ma’lumotlar dolzarbligi va ishonchli ekanligida amin bo’lishi uchun esa muntazam ravishda yetkazib beruvchilarni ish faoliyatini audit qilib turish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari sodir bo’lishi mumkin bo’lgan va ta’minot zanjiri boshqaruvi faoliyatini to’xtatish yoki unga jabr yetkazish mumkin bo’lgan tahmniy vaziayatlar ko’rib chiqilib, keltirilgan vaziyatda qanday yo’l tutish yechimlari ham tayyor bo’lishi, xavfli vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshiradi. 

Shu bilan birga, zaxira boshqaruvi strategiyalari tarixiy ma’lumotlar tahliliga asoslanib optimallashtirilash zarur, bunda mahsulot mavjudligi va xarajatlar o‘rtasidagi optimal muvozanatga erishish ko‘zda tutiladi. Avtomatlashtirsh va doimiy kuzatuv yondashuvi xavflarni tahmin etishni va oldini olish imkonini yaratadi. Natijada, qaror qabul qilish jarayoni aniq va ishonchli ma’lumotlarga tayangan holda amalga oshiriladi hamda inson omiliga bog‘liq xatoliklar sezilarli darajada kamaytiriladi.

Shubhasiz, sun'iy intellekt qo’llash orqali xavflarni boshqarish jarayonini yaxshilanishi mumkun. U o’tgan va hozirgi vaqt ma'lumotlarini chuqur tahlil qilish muammolar paydo bo'lishidan oldin ularni oldindan aytib berishga yordam beradi. Avtomatlashtirilgan tizimlar yetkazib beruvchilarning faoliyatini uzluksiz monitoring qiladi, yetkazib berishdagi kechikishlar va sifatga oid muammolarni o‘z vaqtida aniqlaydi. Natijada, korxonalar xavflarni oldindan tahlil qilib, xarid va zaxira strategiyalarini moslashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Biroq, bunday yondashuvda ayrim kamchiliklar ham mavjud.

Cheklovlar va kelajak istiqbollari: Sun'iy intellektning samarali ishlashi sifatli va aniq ma'lumotlarga bog‘liqdir. Chunki ma'lumotlarning sifati bevosita tahlil natijalarining aniqligi va ishonchliligini belgilab beradi. Shu bilan birga, ayrim sun'iy intellekt modellarini yaratish va o‘qitish jarayoni ancha murakkab bo’lib, bu qaror qabul qiluvchilar uchun natijalarni to‘g‘ri talqin qilish va asoslashda qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi ehtimolini oshiradi.

Sun'iy intellekt yechimlarini kichik bosqichdan to'liq tashkilot darajasigacha kengaytirish jarayoni bir qator murakkabliklarga duch kelishi mumkin. Buning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun avval texnologik infratuzilmani yaxshilash zarur, shuningdek xodimlarni yangi texnologiyalar bilan ishlashga o'qitish ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ba'zi hollarda ma'lumotlardan foydalanishga maxfiylik standartlari yoki tartibga solish qoidalari sababli cheklovlar qo'yilishi mumkin.

Kelajakda xavflarni boshqarishda sun’iy intellektning qo‘llanilish doirasi yanada kengayishi shubhasiz. Texnologik yechimlar tobora qulay va moliyaviy jihatdan hamyonbop bo‘lib bormoqda, bu esa kichik va o‘rta kompaniyalarga ham bunday imkoniyatlardan foydalanish sharoitini yaratadi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi qabul qilinadigan qarorlarni asoslash va manfaatdor tomonlarga ularning mohiyatini ochib berishni osonlashtiradi. Raqamli egizaklar va simulyatsiya texnologiyalari yordamida korxonalar turli xil xavf ssenariylarini oldindan sinab ko‘rib, samarali qarorlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xalqaro hamkorlikning chuqurlashishi va standartlarning uyg‘unlashuvi ushbu jarayonni yanada tezlashtirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, korxonalar sun’iy intellekt texnologiyalarini xavflarni boshqarish jarayoniga samarali joriy etish uchun, eng avvalo, o‘zlarining tayyorlik darajasini aniq va tizimli model asosida baholashi zarur. Albatta, sun’iy intellekt barcha xavflarni bartaraf etmaydi, biroq murakkab ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali ta’minot zanjirlarining barqarorligi va chidamliligini sezilarli darajada kuchaytiradigan samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi aniq.

Sohibxon Salixov
Viskonsin-Medison universiteti