Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt va ta’lim sohasida hamkorlik o‘rnatilmoqda
10:39 / 2023-06-06

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHning “PeopleHive” kompaniyasi asoschisi R. Abraham bilan uchrashdi. Unda janob Abraham O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirib, mamlakatimizda axborot texnologiyalari sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani va ta’lim sifatini alohida qayd etdi. Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan tibbiy ta’lim sohasida hamkorlik ishlari olib borilayotganini ta’kidlab, Buxoroda o‘z universiteti filialini ochish istagini bildirdi. Ayni paytda kompaniya tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha loyihalarni boshqarib kelmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi.  

Ma’lumot uchun, “PeopleHive” kompaniyasi Amerika, Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo, Hindiston yarim oroli va Okeaniyada global miqyosda xizmat ko‘rsatadigan ta’lim konsalting kompaniyasidir. Kompaniyaning asosiy vazifasi ingliz tilida so‘zlashadigan xalqaro talabalarga o‘quv dasturlari orqali imkoniyat yaratishdir.  

N. Rahmonova, O‘zA