Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt sohasida ilmiy faoliyat va kadrlar salohiyati muhim
17:06 / 2025-11-21

Mamlakatimizda kibernetika va sun’iy intellektni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda sohadagi ilmiy faoliyatni rivojlantirish, innovatsion yechimlar va tadqiqotlarning ahamiyatini oshirish yanada muhim.

Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan “Kibernetika – zamonaviy sun’iy intellekt poydevori” mavzusidagi tadbir ayni yo‘nalishdagi masalalarga bag‘ishlandi.

Tadbir avvalida raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov  kibernetikaning ilm-fan rivojidagi ahamiyati, ustoz va olimlar izlanishlari, sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning o‘rnini mustahkamlash borasida fikr bildirdi.

Darhaqiqat, sohada kadrlar tayyorlashni kuchaytirish, dolzarb mavzularda tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish bugungi davr talabidir.

Tadbir davomida raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan kibernetika sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan 10 dan ziyod olim taqdirlandi.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Qodirov ham so‘zga chiqib, sohaning rivojlanish holati va istiqbollari xususida gapirdi.

Ishtirokchilar kibernetika va sun’iy intellekt sohalarining taraqqiyoti, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

M.HOJIAKBAROVA, O‘zA