Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt onkologiyada qo‘llanilmoqda
16:39 / 2023-05-01

Britaniyalik shifokorlar o‘sma kasalliklarini erta bosqichda yuqori aniqlik bilan tashhislash maqsadida sun’iy intellektni qo‘lladi. Bu haqda Britaniyaning “The Guardian” kundalik gazetasi xabar bermoqda. 

“Lancet eBioMedicine” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, sun’iy intellektning so‘nggi modeli yangi paydo bo‘lgan anomal o‘smalarning  saratonga xosligi yoki xos emasligini aniq tashxislash imkonini beradi. Texnologiya shifokorlarga kasallikni tezda aniqlash va davolashni boshlashga yordam berdi. 

Eksperiment doirasida shifokorlar o‘pkasida yangi paydo bo‘lgan o‘smalar aniqlangan 500 ga yaqin bemorning kompyuter tomografiyasi natijalaridan foydalandi. Ma’lum bo‘lishicha, xavfli o‘smalarni AUC usuli bo‘yicha tashxislash aniqligi 0,87 foizni tashkil etdi. Bunda 1 ko‘rsatkich ideal deb hisoblansa, 0,5 kamchilik mavjudligini ko‘rsatadi. 
Sun’iy intellekt, shuningdek, xavfli o‘smalar paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlashga yordam berdi. 22 ta holatdan 18 tasida neyron tarmoq erta aralashuvni tavsiya qildi – natijada yangi paydo bo‘lgan o‘smaning xavfli ekanligi tasdiqlandi. 


Roman BONDARCHUK, O‘zA