Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt modelini o‘g‘irlashga urinish qayd etildi
16:38 / 2026-02-16

“Google” ma’lum qilishicha, noma’lum shaxslar “Gemini’ sun’iy intellekt modelini klonlashga harakat qilgan. Ular 100 000 dan ko‘p so‘rov yuborib, modelning ishlash mexanizmini tahlil qilish va API orqali qayta yaratishga uringan.

Kompaniya ushbu holatni intellektual mulkni o‘g‘irlashga intilish sifatida baholadi. “Google Threat Intelligence Group” hisobotiga ko‘ra, hujumchilar turli tilda bir xil uslubiy xususiyatni saqlagan holda javob berishga majburlash orqali modelning ko‘p tilli imkoniyatini ko‘chirib olishni maqsad qilgan.

Ta’kidlanishicha, dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan bunday “model extraction” urinishi xizmat ko‘rsatish qoidasiga zid. Ayni muammo faqat “Google”ga tegishli emas.

Umuman, mutaxassislar yangi turdagi kiber xavf paydo bo‘lganini ta’kidlamoqda. Shu bois kompaniyalar API orqali kirishni qat’iy nazorat qilishi va xavfsizlik chorasini kuchaytirishi zarur.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA