Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt: imkoniyatmi yoki global xavf? (+video)
16:13 / 2026-01-20

“Anthropic” kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Claude” sun’iy intellekt (SI) chat-boti mualliflari mazkur texnologiya boy va kambag‘al davlatlar orasidagi tafovutni yanada kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ularning fikricha, sun’iy intellekt tez rivojlanishi va jadal joriy qilinishi ko‘proq rivojlangan mamlakatlar foydasiga ishlashi ehtimoli yuqori. Buning asosiy sababi – sun’iy idrok tizimini ishlab chiqish va samarali ishlatish uchun ulkan moliyaviy resurs, murakkab texnologiya infratuzilmasi talab qilinadi. Shu bois yangi texnologiyalar asosan boy davlatlar manfaatiga xizmat qilishi mumkin.

“Claude” ikki milliondan ziyod odam bilan o‘tkazgan muloqot tahlili shuni ko‘rsatdiki, kuchli davlatlar SIni nisbatan ancha tez o‘zlashtirmoqda. Hozircha bu farq qisqarishidan dalolat beruvchi hech qanday belgi yo‘q.

“Microsoft” tadqiqoti ham shu xulosani tasdiqlaydi: “global shimol” davlatlari sun’iy intellektni “global janub”, ya’ni rivojlanayotgan yurtlarga qaraganda qariyb ikki barobar tez joriy qilmoqda. Bu holat hududlar orasidagi turmush darajasi tafovutini yanada kengaytirishi, iqtisodiy notenglikni chuqurlashtirishi mumkin.

SI texnologiyasiga imkoniyat sifatida qarash mumkin, ammo global taqsimlanish adolatli kechmasa, bu jarayon xavf tug‘diradi.

MIT tadqiqotiga ko‘ra, generativ sun’iy intellektga sarmoya kiritgan kompaniyalarning 95 foizi hali sof foydaga chiqa olmagan. Demak, texnologiya rivoji tez bo‘lsa-da, iqtisodiy foyda yoki asl amaliyot doim ham darhol namoyon bo‘lavermaydi. Natijada, SI joriy etilishi mamlakatlar orasidagi farqni kuchaytirishi mumkin. Faqat texnologiyani to‘g‘ri boshqarish va global hamkorlik orqali bu xatarni bartaraf etish imkoni mavjud.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kTxc76sBi0A" title="Sun’iy intellekt: imkoniyatmi yoki global xavf?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F.Yaxshiboyeva, O‘zA