Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish boshlandi
Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti axborot xizmatida sun’iy intellekt orqali yaratilgan teleboshlovchi ish boshladi.
Bu haqda institut axborot xizmati xabar berdi.

Teleboshlovchi yangidan tashkil etilgan “QarMII: yangiliklar” informatsion dasturini olib boradi.
Institut axborot xizmati mazkur sun’iy intellekt orqali yangiliklar dasturini muntazam namoyish etish va uni boshqa tillarda ham tayyorlash, mavzular rang-barangligini ta’minlash, intervyular, ko‘rsatuvlar, reportajlar va ijtimoiy roliklarni talabalar e’tiboriga havola etishni maqsad qilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri