Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt gidrometriya xizmatida
12:27 / 2026-01-23

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida gidrometriya xizmatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda suv resurslarini aniq hisobga olish va samarali boshqarishda zamonaviy raqamli yechimlarni qo‘llashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Seminar davomida gidrometriya tushunchasiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, gidrometriya — kanal, ariq va boshqa suv inshootlarida suv sarfi, sathi hamda oqim tezligini o‘lchash orqali suv resurslarini aniq hisobga olishni ta’minlaydigan muhim xizmat hisoblanadi. Bu jarayonda o‘lchov aniqligini ta’minlash suv taqsimotida adolat va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Mutaxassislar sun’iy intellekt texnologiyalarining gidrometriya tizimlariga joriy etilishi suv sarfini real vaqt rejimida monitoring qilish, ma’lumotlarni avtomatik tahlil etish va prognoz qilish imkonini berishiga e’tibor qaratdilar. Jumladan, raqamli datchiklardan olinayotgan ma’lumotlar sun’iy intellekt algoritmlari orqali qayta ishlanib, suv yo‘qotishlari, texnik nosozliklar yoki me’yordan chetga chiqish holatlarini tezkor aniqlash imkoni yaratiladi.

Shuningdek, seminarda gidrometriya qurilmalarining ishlash prinsipi, ularni monitoring tizimlariga integratsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish bosqichlari hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish usullari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Bu esa sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlanganidek, gidrometriya xizmatida sun’iy intellektdan foydalanish suv resurslari hisobotini to‘g‘ri yuritish, inson omili ta’sirini kamaytirish hamda suv xo‘jaligi tizimining barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri