English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha tashabbus — davr bilan mushtaraklik (+video)
15:22 / 2025-11-08

Barchamizga ma’lumki, Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro anjuman tarixiy, ma’naviy va strategik jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarining konferensiyadagi nutqi O‘zbekistonning xalqaro maydonda “Ilm, madaniyat va hamjihatlik markazi” sifatidagi nufuzini yanada mustahkamladi.

Prezidentimiz o‘z nutqida bir qator muhim global tashabbuslarni ilgari surgani YUNESKOga a’zo davlatlarning, xalqaro hamjamiyatning e’tiboriga sazovor bo‘ldi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmahamatova o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

— Bilamizki, YUNESKO dunyo miqyosida ilm-ma’rifat, tinchlik, ma’naviyatga chorlovchi xalqaro tuzilma hisoblanadi. YUNESKO tashkil etilgan davr insoniyat tarixida tinchlik va osoyishtalik anglangan davrga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda YUNESKO bilan O‘zbekistonning amaliy hamkorligi rivojlanib, strategik aloqalari kengayib bormoqda. Chunki bizning mamlakatimizda ham madaniyatga, turizm, ilm-fan ravnaqiga e’tibor kuchaytirilgani, bu boradagi islohotlar YUNESKOning ishonchini orttirdi.  

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi uchun aynan Samarqand tanlangani bejiz emas. Samarqand ruhi doim insonlarni insonparvarlikka, bag‘rikenglikka, muloqotga, tinchlik va do‘stlikka chorlab kelgan. YUNESKO esa mana shunday ezgu tuyg‘ularni dunyo bo‘ylab targ‘ib qiladi. Qolaversa, Samarqand YUNESKO Jahon merosining bir qismi hisoblanadi.  

Davlatimiz rahbari anjumandagi tarixiy nutqida kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha muhim taklif-tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha alohida platformani joriy etish tashabbusi juda muhim hisoblanadi. Chunki bugungi global davrda ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolatni ta’minlash dolzarb ahamiyatga ega.  

Axborot texnologiyalari asrida farzandlarimizning undan unumli foydalanishiga e’tibor qaratish muhim. Shu ma’noda davlatimiz rahbari sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini tashkil etish bo‘yicha tashabbusni ilgari surdi. Bu esa YUNESKO doirasida ushbu sohada yaxlit xulosalar, muhim dasturlar ishlab chiqilishiga asos bo‘ladi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Ispc6i2w3pY?si=PEkiQr3NNPhJOQA5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Iskandar Ismatov (video),  

O‘zA