Bugun sun’iy intellekt (SI) insoniyat taraqqiyotining yangi drayveriga aylanmoqda. Kecha mo‘’jiza sanalgan texnologiya bugun kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylandi: telefonimizdagi tavsiyalar, bank tizimidagi xavfsizlik chizmasi, tezkor tibbiy tashxis – bularning bari SI mahsuli.
Mutaxassislar fikricha, sun’iy idrok XXI asr elektr energiyasi yoki interneti kabi asosiy infratuzilma texnologiyasiga aylanmoqda. SI ma’lumotni soniyalar ichida tahlil qilib, inson tasavvur qila olmaydigan bog‘liqlikni aniqlaydi, taxminlaydi, qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi. Natijada samaradorlik oshadi, resurs tejaladi, boshqaruv tizimi takomillashadi.
Davlat boshqaruvida SI shaffoflik va tezkorlikni kuchaytirishi mumkin. Ijtimoiy yordamni manzilli taqsimlash, soliq tushumini mo‘ljallash yoki jinoyatchilikka qarshi tahliliy tizim ishlab chiqish – hammasi raqamli davlat boshqaruvining tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Boshqa tomondan, nazorat va javobgarlik masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Mehnat bozorida ikki yoqlama jarayon kuzatilyapti: ayrim oddiy yoki takrorlanuvchi kasblar qisqaradi, yangi texnologik yo‘nalishlar paydo bo‘ladi.
Umuman, SI shunchaki texnologiya emas, balki yangi tafakkur, o‘zgacha iqtisodiy tizim, alohida ijtimoiy muhit. Ayni jarayon insoniyatni ortga emas, oldinga yetaklashini ta’minlash uchun eng zarur omil masalaga mas’uliyatli yondashuv va strategik boshqaruvga murojaat qilish.
O‘zA muxbiri sun’iy intellektning imkoniyati, xavfi va istiqboli xususida Raqamli texnologiyalar vazirligi SI texnologiyalarini rivojlantirish departmenti bosh mutaxassisi Faxriddin Hakimov bilan suhbatlashdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kk13jU_fGyw" title="Sun’iy intellekt davri: insoniyat yangi bosqich ostonasida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Nishonboy Abduvoitov, O‘zA