French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt bilan uyg‘unlikdagi loyihalar
16:39 / 2025-10-29

Hayotimizga sun’iy intellekt kirib kelishi AKT sohasi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bugun sun’iy intellekt, u bilan ishlovchi mutaxassisga ehtiyoj ortdi. Shularni hisobga olib Farg‘ona davlat texnika universiteti ham “IT Park” Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda “JOBFAIR-2025” mehnat yarmarkasini tashkil etdi.

Yarmarka AKT sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar va yosh mutaxassislar o‘rtasida samarali hamkorlik, ishga joylashish va amaliyot imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.

– Mehnat yarmarkasiga AKT kompaniyalari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan kelishgan,–deydi Farg‘ona davlat texnika universiteti talabasi, tanlov ishtirokchisi Tohir Naybabayev. –  Ayni paytda startap loyihalari muallifi bo‘lgan universitet talabalari ish beruvchi kompaniyalar suhbatidan o‘tadilar.

Tadbirning ochilish marosimida bu kabi mehnat yarmarkalari ish beruvchi kompaniyalar uchun malakali yosh mutaxassislar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, amaliyotchi va yangi xodimlarni tanlab olish, universitet bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini berishi qayd etildi.

Ayni choqda uning ishtirokchisi bo‘lgan talaba-yoshlar uchun 20 dan ortiq yetakchi AKT kompaniyalar bilan tanishish, shu yerda suhbatdan o‘tib, ish yoki amaliyot o‘rniga ariza berish, startap va texnologik loyihalar haqida ma’lumot olish imkoni bo‘ldi. Dastlab tanlovning har bir ishtirokchisi o‘z loyihasi taqdimotini o‘tkazdi.

– Jami 150 dan ortiq loyihalar tanlovda ishtirok etmoqda, – deydi Farg‘ona davlat texnika universiteti “Startap markazi” rahbari Qudrat Muhammadjonov. –Har bir loyiha hay’at tomonidan chuqur o‘rganib chiqildi. Ulardan 50 tasi ajratilib, ekspertlar guruhiga taqdim etildi. Tanlov yakunida yuqori ball olgan loyiha mualliflariga belgilangan mukofotlar topshiriladi.  

–  Men ham tanlovda ishtirok etyapman. Sun’iy intelektga asoslangan imtihon tizimlarini avtomatlashtirish va nazoratni kuchaytirish mavzusida loyiham bor. Mening taklifim hususiy va davlat oliy ta’lim muassasalarida joriy etilsa, 300 ming dollarlik daromad ko‘rishi mumkin, – deydi Tohir Naybabayev.

“JOBFAIR-2025” g‘oliblari taqdirlansa, qolgan ishtirokchilar ham yutqazmaydilar. Ular uchun ham alohida loyiha ko‘zda tutilgan.

– Inkubatsiya dasturimizda o‘qib, undan keyingi yana bir ixtisoslashgan dasturni o‘zlashtirganidan so‘ng o‘zlarining loyihalari asosida kichik modellarni yaratib sohaga joriy etish mumkin bo‘ladi, – deydi markaz rahbari.     

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wCDwp3BBu3Y" title="Sun’iy intellekt bilan uyg‘unlikdagi loyihalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat),

O‘zA